Tailandda politsiya vertolyoti yerga quladi
Tailand g‘arbida politsiya vertolyotining halokati natijasida uch kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Sahnida to‘rt kishi bo‘lgan uchoq Prachuapkxirikxan muzofoti Muang tumanida parvoz qilayotgan edi, deb yozgan "Bangkok Post" gazetasi.
Rasmiylar aytishicha, vertolyot qulashidan oldin bir odam parashyutdan sakrashga ulgurgan. Uning ahvoli va qayerdaligi hozircha noma’lum. Voqea yuzasidan tergov boshlangan.