Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tailandda o‘tkazilayotgan konferensiyada mamlakatimiz delegatsiyasi ishtirok etmoqda
13:45 / 2022-06-05

Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Tailandning Bankok shahrida o‘tkazilayotgan Ikkinchi Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy ta’lim vazirlari konferensiyasida ishtirok etmoqda.

Bu haqda vazirlik matubot xizmati xabar bermoqda. 

Mazkur konferensiyaning asosiy mavzusi «Ta’limni yanada sezgir, mos va barqaror ta’lim tizimlariga qayta qurish va o‘zgartirish: BRM 4 (barqaror rivojlanish maqsadlari ) – Ta’lim 2030 sari taraqqiyotni tezlashtirish». 

Shuningdek, konferensiya bir-biriga bog‘langan “Ta’limning tiklanishiga erishish va uzoq muddatda barcha uchun ta’lim natijalarini yaxshilash”, “Ta’lim tizimlarini o‘zgartirishga erishish va barqarorlikni oshirish” hamda “Ta’limga sarmoyalarni ko‘paytirish va takomillashtirish va o‘zgarishlar uchun sharoit yaratish, ta’lim inqirozini yengish” kabi mavzular yuzasidan o‘tkazilmoqda. 

Ikkinchi Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy ta’lim vazirlari konferensiyasi 7 iyunga qadar davom etadi.  

Mohigul Qosimova, O‘zA