Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tailandda o‘n minglab kishi suv toshqinlaridan jabr ko‘rdi
20:54 / 2023-12-25

Tailandning janubiy provinsiyalarida davom etgan sharros yomg‘irlar tufayli kelib chiqqan suv toshqinlari natijasida 50 mingga yaqin kishi jabrlandi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Bugun ertalab ikki qo‘shni Narativat va Yalla provinsiyalarning 13 hududlarida suv toshqinlari qayd etildi. 9697 turar-joy binosi suv ostida qoldi. Ko‘p joylarda, ayniqsa Yalla provinsiyasida suv bosish chuqurligi 1 metr va undan ko‘proqni tashkil etdi, deyiladi departament xabarida. 

Sakkizta maktabni bir kunga yopishga to‘g‘ri keldi. Shaharlar o‘rtasidagi ayrim yo‘llarda transportda harakatlanishning imkoni yo‘q. Janubiy temir yo‘llari ham vaqtinchalik yopilgan. Tailand davlat temir yo‘llari janubiy yo‘nalishidagi temir yo‘l ko‘tarmasining bir qancha maydonlarini suv bosgan, ushbu maydonlarda poyezdlar harakati vaqtinchalik to‘xtatilgan. Xabarda aytilganidek, departament tomonidan ishchi guruh tuzilib, yetkazilgan zararni baholash hamda zarar ko‘rgan tumanlar aholisiga yordam ko‘rsatilishini tashkil etish maqsadida ikkala provinsiyaga ham xodimlar yuborilgan. 

Aziza Alimova tayyorladi, O‘zA.