Tailandda kran voqeasi: ikki kishi halok bo‘ldi
Tailandda yuz bergan navbatdagi qurilish bilan bog‘liq fojia insonlar o‘limiga sabab bo‘ldi. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, bugun Bangkok yaqinidagi Samut Sakxon viloyatida qurilish krani qulab, ikki avtomashinani bosib qolgan. Hodisa oqibatida ikki inson hayotdan ko‘z yumib, besh nafar fuqaro jarohat olgan.
Mahalliy politsiya rahbari Sittiporn Kasi aytishicha, qurilma tezkor qurilayotgan estakada yo‘li loyihasi doirasida ish olib borayotgan payt yo‘l ustiga qulagan.
Voqea mamlakatda so‘nggi ikki kunda sodir bo‘lgan ikkinchi yirik fojia sifatida qayd etildi. Bir kun oldin Nakxon Ratchasima viloyatida yuqori tezlikda harakatlanuvchi temir yo‘l qurilishida kran qulab, poyezd izidan chiqib ketgan edi. Hodisada 32 yo‘lovchi halok bo‘lgan, 66 kishi turli darajada jabrlangan.
Har ikki voqea yuzasidan tergov olib borilmoqda. So‘nggi payt Tailandda qurilish loyihalari bilan bog‘liq xavfsizlik masalasi jiddiy tashvish uyg‘otayotgani ta’kidlanmoqda.
Musulmon Ziyo, O‘zA