Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tailandda ketolmay qolgan turistlarning vizasi avtomatik tarzda uzaytiriladi
18:59 / 2020-04-01

Yaqin vaqt ichida uyiga qayta olmagan turistlarning vizasini avtomatik tarzda uzaytirish choralari koʻrib chiqilmoqda.


Yaqin vaqt ichida uyiga qayta olmagan turistlarning vizasini avtomatik tarzda uzaytirish choralari koʻrib chiqilmoqda. U 1-martdan keyin kelgan va koronavirus pandemiyasi tarqalishi sababli samolyotlar parvozi bekor qilingandan keyin uyiga qayta olmay, mamlakatda boʻlish muddati oʻtib ketayotgan turistlar uchundir, dedi Tailand tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Chetkiat Attakon jurnalistlar uchun oʻtkazgan brifingda.

“Vizalarni choʻzdirish uchun imigratsion politsiya markazlarida juda koʻp xorijiy fuqarolarning toʻplanib qolishi sababli, bosh vazir general Prayut Chan-Ocha tashabbusi bilan vizalarni vaqtinchalik, avtomatik tarzda choʻzib berish haqida qaror qabul qilindi. Bu ularning imigratsiya politsiyasiga shaxsan oʻzlari kelishiga hojat qoldirmaydi, dedi u.

Biroq Attakon turistik vizalar qancha muddatga avtomatik tarzda choʻzib berishi haqida aniqlik kiritmagan, barcha tafsilotlar keyinroq maʼlum qilinadi, deyiladi mazkur xabarda.