Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tailandda egizak fillar tug‘ildi
13:40 / 2024-06-13

Tailandning Ayuttxaya shahrida fil egizak bolalarini dunyoga keltirdi. Kamdan-kam uchraydigan bu voqea “Elephantstay” qo‘riqxonasida sodir bo‘ldi.

Avstraliya radiosi ma’lumotiga ko‘ra, 36 yoshli Jamjuridan nar filcha tug‘ilgach, oradan 18 daqiqa o‘tib, ikkinchi filcha ham paydo bo‘ldi. Kutilmagan hodisadan qo‘riqchilar hayratda qoldi. Vazni mos ravishda 80 va 60 kilogrammlik yangi jonivorlar hozir kuzatuv ostida.

Korporatsiya Osiyo filidan bir yo‘la ikki zurriyod tug‘ilishini tabiat mo‘’jizasi sifatida ta’rifladi. Direktor Mishel Ridi fil, odatda, egizak bolalamasligini ta’kidladi.

“Save the Elephants” tashkiloti xulosasiga ko‘ra, fil egizaklari tug‘ilishi ehtimoli bor-yo‘g‘i bir foizga teng. Ushbu jonivor populyatsiyasida qarama-qarshi jinsli egizaklar dunyoga kelishi yanayam kam uchraydi.