French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tailand poytaxtida ATIH forumi boshlandi
10:06 / 2022-11-18

Tailand poytaxti Bangkokda har yili bo‘lib o‘tadigan "Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi" (ATIH) forumi ochildi.

Poytaxtdagi qirolicha ona Sirikit nomidagi kongress-markazda bo‘lib o‘tayotgan tadbirda COVID-19 pandemiyasi hamda qudratli mamlakatlar o‘rtasidagi geosiyosiy qarama-qarshiliklar tufayli dunyo iqtisodiyotida kuzatilayotgan tanglik masalalari muhokama qilinadi.    

Forum 19 noyabrda yakuniga yetadi. U 2019 yildan buyon ilk bor yuzma-yuz formatda bo‘lib o‘tmoqda. ATIHning Bangkok  forumi shiori uchta so‘zdan iborat: "Ochiqlik, Qo‘shilish, Muvozanat".    

Umuman olganda, ATIH ishtirokchilarini mamlakatlar, deb bo‘lmaydi. Unda hududiy-davlat iqtisodiy tuzilma sifatida  alohida delegatsiya bo‘lib ishtirok etmoqda. Masalan, forumda XXR tarkibiga kiruvchi ikkita avtonom iqtisodiy hudud – Gonkong va Tayvan vakillari alohida delegatsiya bo‘lib  ishtirok etmoqda. Forumga jami 21 ta iqtisodiy birlik vakillari kelgan.Ular Avstraliya, Bruney, Kanada, Indoneziya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Malayziya, Yangi  Zelandiya, Filippin, Singapur, Tailand, AQSH, Tayvan, Gonkong, XXR, Meksika, Papua-Yangi Gvineya, Chili, Peru, Rossiya va Vetnamdan iborat.  

ATIH sa’y-harakatlari mintaqaning iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarini ta’minlash va Osiyo-Tinch okeani hamjamiyatini mustahkamlashga qaratilgan.