Tailand janubidagi Xat-Yay tumanida, maktab hududida sodir bo‘lgan otishma tufayli o‘qituvchi ayol halok bo‘ldi. Hujum ta’lim maskani ichida kuzatilgani jamoatchilikni larzaga soldi.
Ma’lumotga ko‘ra, 17 yoshli o‘smir politsiyadan o‘g‘irlangan qurol bilan Songla muzofotidagi maktabga kirib, bir paytlar maktab direktori bo‘lgan muallim Sasipat Sinsamosornga qaratao‘q uzgan. Og‘ir yaralangan holda shifoxonaga olib ketilib, jonlantirish bo‘limiga joylashtirilganiga qaramay, ichki a’zolari jiddiy shikastlangan, ko‘p qon yo‘qotgan bemor tungi soat 2 atrofida vafot etgan.
Hodisa chog‘i bir o‘quvchi qiz ham yaralangan. Uning ahvoli haqida rasmiy ma’lumot berilmagan. Gumonlanuvchi voqea joyida qo‘lga olingan. Rasmiylar ilgari giyohvandlik bilan bog‘liq muammoga duch kelgan yigit dekabr oyida ruhiy kasalliklar shifoxonasidan chiqqanini ma’lum qildi.
Tailandda qurol bilan bog‘liq zo‘ravonlik holati tez-tez uchraydi. So‘nggi yillarda yuz bergan bir necha qonli hodisa mamlakatda qurol nazorati masalasini yana kun tartibiga olib chiqmoqda.
Musulmon Ziyo, O‘zA