Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tailand Konstitutsiyaviy sudi Prezidenti O‘zbekistondagi islohotlar natijalarini e’tirof etdi
17:36 / 2025-11-10

Tailand Qirolligi Konstitutsiyaviy sudi Prezidenti Nakxarin Mektrairat boshchiligidagi delegatsiya Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga tashrif buyurdi.

Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Rahim Hakimov bilan uchrashuvda mehmonlarga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, Qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi yo‘nalishidagi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, mamlakatimizda sud-huquq tizimini isloh qilish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada Konstitutsiyaviy sud vakolatlari kengaytirilgani, sud hokimiyatining moliyaviy mustaqilligini ta’minlashga oid alohida modda kiritilgani qayd etildi.

O‘z navbatida, N.Mektrairat Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan muvozanatli, ochiq va konstruktiv tashqi siyosat, keng ko‘lamli islohotlar va ularning natijalarini alohida e’tirof etdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirmoqda, Toshkent va Samarqand shaharlari xalqaro diplomatiya markazlariga va yirik xalqaro tadbirlar — forumlar, sammitlar va konferensiyalar o‘tkaziladigan joyga aylandi. So‘nggi 40 yil ichida O‘zbekiston Parijdan tashqarida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga mezbonlik qilgan birinchi mamlakat bo‘lib, bu Tashkilotga a’zo davlatlarning Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tarixiy islohotlarga bo‘lgan yuksak ishonchining yorqin ifodasidir.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Tailand o‘rtasidagi munosabatlar, shu jumladan, parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Tailand Milliy Assambleyasining Vakillar palatasi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhi tuzilgani ikki davlat o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashga xizmat qilayotgani qayd etildi.

M.Komilova, O‘zA