Tailand hukumati o‘tgan oy AQSH prezidenti Donald Tramp ishtirokida Kambodja bilan imzolangan sulh bitimi to‘xtatilishini e’lon qildi, deb yozmoqda “Reuters” axborot agentligi.
Mamlakat mudofaa vaziri Tailand harbiylari tomonidan hozirda ushlab turilgan 18 nafar kambodjalik harbiy asirni qaytarishni ham orqaga surishni ma’lum qildi.

Iyul oyida Bangkok va Pnompen o‘rtasidagi besh kun davom etgan keskinlik shu yil 10 noyabr kuni to‘rt tailandlik askar jarohat olgan mina portlashidan keyin yana kuchaydi.
Tailand harbiylari qo‘shinlar va og‘ir qurollarni olib chiqishni, shuningdek, Bangkok tomonidan kambodjalik hibsga olinganlarni ozod qilishni o‘z ichiga olgan sulhga kelishib olganidan so‘ng, Kambodjani yangi minalar qo‘yganlikda aybladi.
O‘z navbatida, Kambodja Mudofaa vazirligi yangi minalar qo‘yilganini rad etdi. Shuningdek, vazirlik oktyabr oyidagi kelishuvga muvofiq, Bangkok bilan hamkorlik qilishga sodiqligini bildirgan.
S.Rahimov, O‘zA