Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tahririyatlarga zamonaviy kompyuter to‘plamlari sovg‘a qilindi
22:14 / 2021-06-11

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi doirasidagi muzokaralarda O‘zbekiston va Tojikiston davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli o‘zaro manfaatli va teng huquqli amaliy hamkorligimiz sifat jihatdan yangi darajasiga ko‘tarilgani qayd etildi.

Ta’kidlash joizki, ayni kunda mamlakatimizdagi uch yuzga yaqin umumta’lim maktabida tojik tilida ham dars beriladi. Bir qator o‘rta va oliy ta’lim muassasalarida, jumladan, Samarqand va Termiz davlat universitetlarida tojik filologiyasi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Toshkent shahri va viloyatlarda tojik madaniyat markazlari samarali faoliyat yuritmoqda.

O‘nga yaqin tuman va shahar gazetalarida tojik tili sahifalari bor. Markaziy va hududiy teleradiokanallarda tojik tilida ko‘rsatuv va radio eshittirishlar tayyorlanib efirga uzatilmoqda. O‘tgan yili Samarqand shahrida nashr etiladigan viloyat hokimligining “Ovozi Samarqand” gazetasining 30 yilligi keng nishonlandi. Ushbu tahririyat jamoasi O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan o‘tkazib kelinayotgan “Oltin qalam” tanlovining matbuot yo‘nalishi bo‘yicha g‘olibi hisoblanadi.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan yurtimizda turli tillarda faoliyat olib borayotgan ommaviy axborot vositalari, ularda mehnat qilayotgan xodimlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Tojik, qozoq va boshqa tillarida faoliyat olib boradigan ommaviy axborot vositalarida samarali mehnat qilib kelayotgan iste’dodli, qalami o‘tkir jurnalistlar uyushma tomonidan moddiy va ma’naviy rag‘batlantirib kelinayotgani fikrimizni tasdiqlaydi.

Uyushma tomonidan o‘tkazib kelinayotgan ana shunday tadbirlarning navbatdagisi “Ovozi tojik” va “Nurli jol” gazetalari tahririyatlarida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov ko‘p millatli mamlakatimizda matbuot va so‘z erkinligini ta’minlash borasidagi islohotlar ortga qaytmas tus olgani, uyushma tomonidan OAV vakillarini har jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasida izchil ishlar davom ettirilishini alohida ta’kidladi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan “Ovozi tojik” va “Nurli jol” gazetalari tahririyatlariga zamonaviy kompyuter to‘plamlari sovg‘a qilindi. Shuningdek, Uyushma a’zoligiga qabul qilingan “Ovozi tojik” gazetasi bosh muharriri Sherpo‘lat Vakilov, tahririyat mas’ul kotibi A’lam Narziyev hamda Nurli jol” gazetasi bosh muharriri G‘ulomzokir Yusupov, gazeta bo‘lim muharriri Jannat Moldashevalarga a’zolik guvohnoma hamda a’zolik ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Jurnalistlar uyushmasi axborot xizmati