Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tahlil va tanqid ruhida
12:17 / 2014-07-23

Samarqandda joriy yilning birinchi yarmida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda yilning ikkinchi yarmida iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari amalga oshirilishini ta’minlash chora-tadbirlari muhokamasiga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Samarqandda joriy yilning birinchi yarmida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda yilning ikkinchi yarmida iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari amalga oshirilishini ta’minlash chora-tadbirlari muhokamasiga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimi Z.Mirzayev boshqargan yig‘ilish sim orqali muloqot tarzida tashkil etilib, unda mahalliy kengashlar deputatlari, boshqarma va idoralar, yirik sanoat korxonalari rahbarlari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, kollej direktorlari qatnashdi. 

Yig‘ilishda yilning dastlabki olti oyida viloyatda amalga oshirilgan islohotlar natijalari tahlil qilinib, asosiy e’tibor Prezidentimizning joriy yil 17-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida belgilab berilgan mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yilga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlari vazifalari ijrosini ta’minlashga qaratildi. 

Ta’kidlandiki, yilning o‘tgan davrida viloyat iqtisodiyotida barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlandi, yalpi hududiy mahsulot hajmi 3 trillion 515 milliard so‘mni, o‘sish darajasi 110,4 foizni tashkil etdi. Tarmoq va korxonalarni modernizatsiya qilish va texnologik qayta jihozlash maqsadlari uchun o‘zlashtirilgan 529,3 milliard so‘mlik investitsiyalar sanoatni 16,8 foizga o‘stirishning muhim omili bo‘ldi. Jalb qilingan investitsiyalar hajmi 1 trillion 149 milliard so‘mni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 3,5 million AQSh dollarini tashkil etdi. Jami 224 investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun 116,2 milliard so‘m mablag‘ jalb qilinib, 2900 yangi ish o‘rni yaratildi. Bu 18,4 milliard so‘mlik qo‘shimcha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish imkonini berdi. 

Hisobot davrida viloyatdagi korxonalar tomonidan amalga oshirilgan eksport hajmi 75,3 million dollarni tashkil etib, 35,2 foiz o‘sishga erishildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga 377 milliard so‘mlik kredit ajratildi va 1053 kichik biznes subyekti tashkil etildi. Shu tarzda viloyatdagi mazkur tarmoq subyektlari umumiy soni 14,8 mingtaga yetdi.

Yig‘ilishda erishilgan yutuqlar bilan birga foydalanilmayotgan imkoniyatlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar ham atroflicha tahlil etildi. 

Zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor va past rentabelli korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni amalga oshirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, bandlik dasturi ijrosi, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish borasida yuzaga kelayotgan muammolar qayd etilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. 

Samarqand viloyati faollari yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.Rozuqulov so‘zga chiqdi.