Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TAHLIL VA TAKLIF: chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar sonini oshirish iqtisodiyotimiz rivoji uchun muhim
16:10 / 2022-11-22

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari tahliliga ko‘ra, 2017-2021 yillar oralig‘ida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni 2,7 baravarga oshib, 2022 yilning 1 yanvar holati bo‘yicha 13,2 mingtaga yetgan.

bugungi kunda iqtisodiyotimizga investitsiya kiritayotgan 50 dan ortiq mamlakat orasida Xitoy, Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston va Janubiy Koreya yetakchilik qilmoqda. Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar asosan iqtisodiyotning sanoat (30,6 foiz) va savdo (28,5 foiz) sohalarida faoliyat yuritmoqda.

“Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarda iqtisodiyotda rasman band aholining 6 foizi faoliyat yuritadi, biroq ushbu korxonalarning ishlab chiqarishdagi ulushi 15 foizni, asosiy kapitalga investitsiyalardagi ulushi esa 24 foizni tashkil etadi.

Bunday korxonalar respublikadagi jami korxonalarning 2,5 foizini tashkil etsa-da, 2021 yilda mamlakat tashqi savdo aylanmasining 19,8 foizi, eksport va importning mos ravishda 19,7 foizi va 25 foizi ularning hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar faoliyat ko‘rsatuvchi xo‘jalik sub’ektlarining eng samarador va eng faol qatlami hisoblanadi.

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasiga ko‘ra, kelgusi 5 yilda iqtisodiyotga 70 milliard AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda 2026 yilga borib, eksport hajmini 30 milliard AQSH dollariga yetkazish maqsad qilingan.

PMTI ekspertlari “ ushbu maqsadlarga erishishda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar sonini oshirish, shuningdek, ularning eksport faoliyatini rag‘batlantirish muhim ahamiyatga ega”, degan xulosaga keladi.

O‘zA