French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tahlil: sektor rahbarlari va hokim o‘rinbosarlari qanday ko‘rsatkichga ega bo‘ldi?
11:45 / 2022-03-09

Mamlakatimizning barcha hududlarda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi keng qamrovli islohotlarda sektor rahbarlari va mahalliy hokimliklardagi hokim o‘rinbosarlarining mas’uliyati va tashabbuslari alohida ahamiyat kasb etayotir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan mahalliy hokimliklardagi hokim o‘rinbosarlari hamda sektor rahbarlari oldiga qo‘yilgan vazifalarning qay darajada amalga oshirib kelinayotganligi samaradorlik ko‘rsatkichlari baholab kelinmoqda.

Jizzax viloyatida ushbu masalalar yuzasidan viloyat va tuman, shahar sektor rahbarlari,xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlari, hokim o‘rinbosarlari, mas’ul davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida 2021 yil yakuni bo‘yicha sektorlar va hokim o‘rinbosarlari faoliyati natijadorligi ko‘rsatkichlari muhokama qilindi.

Unda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 23 avgustdagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi hamda sektor rahbarlari faoliyati samaradorligi yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Hududlarda murojaatlar bilan ishlash, jinoyatchilikni kamaytirish, investitsiya dasturlarining bajarilishi, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” bilan ishlash kabi yo‘nalishlardagi ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Baholash natijalariga muvofiq, viloyatda faoliyat yuritayotgan 52 ta sektorning 45 tasi yoki 86,5 foizi qoniqarli, ya’ni sariq hududga, 7 tasi yoki 13,5 foizi qoniqarsiz – qizil hududga tushgan.

– Bugun tuman va shahar hokim o‘rinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (EMSK, ya’ni KPI) asosida baholash natijalari ham atroflicha muhokama qilindi, – deydi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyati filiali rahbari o‘rinbosari B.Yaxshibayev. – Ular faoliyati baholanganda, viloyatdagi 77 nafar hokim o‘rinbosarining 41 nafari yoki boshqacha aytganda 53,2 foizi yaxshi – yashil hudud, 24 nafari yoki 31,2 foizi qoniqarli – sariq hududga, 9 nafari yoki 11,7 foizi qoniqarsiz – qizil hududga tushganligi ma’lum bo‘ldi.

Amaldagi mexanizm bo‘yicha hokim o‘rinbosarlari faoliyatini baholashda umumiy ballning 50 foizi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlardan, qolgan 50 foizi esa aholi va MFY raislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari asosida shakllantirildi.

Moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman va shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshliqlarining barchasi yaxshi natija qayd etgan.

Shuningdek, hokim o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshliqlarining 11 nafari yaxshi, 2 nafari qoniqarli natija ko‘rsatgan. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshliqlaridan 1 nafari yuqori natija ko‘rsatgan bo‘lsa, 10 nafari yaxshi, 3 nafari qoniqarli natijaga erishgan.

Hokimning sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va  kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlarining 4 nafari yaxshi, 8 nafari qoniqarli va 1 nafari qoniqarsiz natija ko‘rsatgan. Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlarning 4 nafari past natija qayd etgan.

Hokimning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlaridan faqatgini 1 nafari yaxshi natijaga, 7 nafari qoniqarli va 4 nafari qoniqarsiz ko‘rsatkichga erishgan.

Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni kelgusida bartaraf etish hamda har bir indikator bo‘yicha reja ko‘rsatkichlarini o‘z muddatida bajarish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar aks etgan “Yo‘l xarita”lari ishlab chiqilishi va uni tizimli ravishda amalga oshirilishi belgilab olindi.

A.Qayumov, O‘zA