FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati mahallalar infratuzilmasini yaxshilash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada aniq chora-tadbirlar belgilangan bo‘lib, tashabbus doirasida hududlarda 2 tadan og‘ir mahalla tanlab olinib, ularga 5 milliard so‘mdan mablag‘ ajratiladigan bo‘ldi. Jumladan, Kosonsoy tumanidagi Tagijar hamda Guzar mahallalarining ham infratuzilmasini rivojlantirish belgilangan.
Jarayonda mahalla binosi zamonaviy ko‘rinishga keltiriladi, ichimlik suvi, elektr tarmoqlari, ichki yo‘llar, maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’mirlanadi. Bundan tashqari, mahalla servis kompaniyasi, baliqchilik kooperatsiyasi, xizmat ko‘rsatish ko‘chasi tashkil etish ko‘zda tutilgan.
[gallery-26192]
Shuningdek, viloyatning Kosonsoy va Norin tumanlariga “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman” maqomi berilib, bunyodkorlik ishlari uchun 100 milliard so‘mdan mablag‘ ajratildi. Mazkur tashabbus doirasida aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati uchun qulay muhit yaratish, “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi asosidagi loyihalarni zarur infratuzilma bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA