Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taftan vulqoni 700 ming yildan so‘ng uyg‘ondi
11:31 / 2025-11-28

Olimlar Eron janubi-sharqida, Afg‘oniston va Pokiston bilan chegaradosh hududdagi Taftan vulqonining noodatiy faolligini qayd etdi.

“AzerTAJ” xabariga ko‘ra, dengiz sathidan 4 000 metr balandlikdagi bu vulqon uzoq vaqt davomida sezilmagan. Butunlay yo‘qolgan, deb hisoblangan mazkur tabiat hodisasi so‘nggi bor 700 000 yil avval sodir bo‘lgan ekan. Endi esa Taftan yo‘qolgan emas, balki harakatsiz, deya tasniflanadi.

“Geophysical Research Letters” jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, vulqon tepasida bosim kuchaymoqda.

– Kelajakda shu yoki boshqacha yo‘l bilan, qachondir, otilish yuz beradi – kuchli yoki sokinroq, – deydi vulqonshunos Pablo Gonsales.

Mutaxassislari sun’iy yo‘ldosh orqali olingan yangi ma’lumotni tahlil qilishdi. Tasvirdan ko‘rinib turibdiki, Taftan tepasi 10 oyda 9 santimetr ko‘tarilgan.

Bir qarashda bu raqam ahamiyatsizdek. Binobarin, harakatsiz vulqon uchun har bir santimetr jiddiy signal. Tadqiqotchilar fikricha, ayni holat vulqon yana “nafas ola boshlagani”ni anglatadi. Endi mintaqaviy hokimiyat vaziyatni chuqurroq o‘rganish uchun resurs ajratishi lozim.

Ehtimoliy faollik faqat tepalik shakli o‘zgarishi bilan bog‘liq emas. Ikki yil muqaddam ijtimoiy tarmoqda Taftan yorig‘idan gaz sizib chiqayotgani aks etgan suratlar paydo bo‘lgandi. Vulqondan 50 km masofada joylashgan Xash shahrida aholi bu chiqindi hidini tuygan.

Olimlar fikricha, cho‘qqi ko‘tarilishi yer yuzasidan bir necha yuz metr pastda gaz to‘planishi natijasi. Asosiy magma suv ombori taxminan 3 500 metr chuqurlikda joylashgani taxmin qilinyapti.

G.Sattorova, O‘zA