French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taekvondochimiz xalqaro turnir g‘olibiga aylandi
11:27 / 2025-08-02

Gruziyaning Batumi shahrida taekvondo WT bo‘yicha turli yosh toifalarida “Batumi Open-2025” xalqaro turniri o‘tkazilmoqda.

Unda kadetlar va o‘smirlar yosh toifasidagi bellashuvlarda IIV “JAR” cport-sog‘lomlashtirish kompleksi taekvondochilari mamlakatimiz sharafini himoya qilmoqda.

Quvonarlisi, mazkur musobaqaning vazni -42 kg. bo‘lgan taekvondochilar bahsida E’zozaxon Rahmonova dastlab mezbonlar vakili Barbare Barbakadzeni, yarim finalda boshqa bir gruziyalik sportchi Yelena Asatiyani taslim etib, final bosqichiga yo‘l oldi. So‘nggi hal qiluvchi final jangida E’zozaxon gruziyalik Ana Setsxlazde ustidan 2:0 hisobida zafar quchib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.  

Ayni damda kadetlar yosh toifasida Muhammad Ali Ismoilov 33 kg. vazn toifasida xalqaro turnir g‘olibligi uchun jang o‘tkazmoqda. Darvoqe, Usmon Abdug‘aniyev (-27 kg), Muhammad Dilshodov (-29kg)  va boshqa sportchilarimiz ham o‘z ishtirokini davom ettirmoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA