French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taekvondochilarimizning jahon reytingidagi o‘rni qanday?
16:29 / 2025-10-15

Butunjahon taekvondo federatsiyasi (WT) oktyabr oyi uchun yangilangan jahon reytingini e’lon qildi. Quvonarlisi, ushbu jadvaldan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham o‘rin oldi.

Jahon reytingida erkaklar o‘rtasida +87 kg. vazn toifasidagi mahoratli sportchimiz Marat Mavlonov 95,02 ochko bilan 3-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, -80 kg. vaznda Jasurbek Jaysunov 98,12 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi. Ayollar o‘rtasida +73 kg. vazn toifasida Svetlana Osipova 114,20 ochko bilan jahonda ikkinchi raqamli taekvondochi sifatida qayd etildi.

Quyida qolgan taekvondochilarimizning jahon reytingidagi o‘rni bilan tanishasiz:

Erkaklar o‘rtasida:

-54 kg: 5. Jahongir Xudoyberdiyev (73.60),

-58 kg: 29. Dilmurodjon Ma’rufjonov (40.00), 48. Kamronbek Mansurov (29.64) va 50. Omonjon Otayjonov (26.62);

-63 kg: 40. Nazarali Nazarov (22.00);

-74 kg: 18. Najmiddin Qosimhojiyev (32.40);

-80 kg: 4. Jasurbek Jaysunov (98.12);

-87 kg: 8. Shuhrat Salayev (53.32), 13. Yodgorbek Jo‘raboyev (43.60);

+87 kg: 3. Marat Mavlonov (95.02).

Ayollar:

-46 kg: 36. Madina Shoniyozova (21.60), 45. Zuxra Tojimatova (16.85);

-53 kg: 41. Laylo Zayniddinova (21.41);

-57 kg: 16. Madina Mirabzalova (55.62);

-67 kg: 9. Ozoda Sobirjonova (92.92).

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA