Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taekvondochilarimizning jahon chempionatidagi taqvimi aniq bo‘ldi
16:17 / 2025-10-23

Joriy yilning 24-31 oktyabr kunlari Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston taekvondo terma jamoasi 15 nafar vakil bilan ishtirok etadi.

Mazkur chempionat bahslarida terma jamoamiz a’zolari ishtirokidagi taqvim e’lon qilindi. Jumladan, musobaqaning ilk kuni Madina Mirabzalova (-57 kg.) va Marat Mavlonov (+87 kg.) o‘z vaznlaridagi bellashuvlarda ishtirok etadi. 25 oktyabrda Laylo Hasanova (-49 kg.), Nazarli Nazarov (-63 kg.), 26 oktyabr kuni Jahongir Xudoyberdiyev (-54 kg.), Shuhrat Salayev (-87 kg.), 27 oktyabr sanasida Madina Shoniyozova (-46 kg.), Svetlana Osipova (+73 kg.), Jasurbek Jaysunov (-80 kg.) jang qiladi.

Shuningdek, 28 oktyabr kuni Ozoda Sobirjonova (-67 kg.), Diyorbek To‘xliboyev (-68 kg.), 29 oktyabr Omonjon Otajonov (-58 kg.), Sevinch Hayitova (-62 kg.), so‘nggi kuni esa Laylo Zayniddinova (-53 kg.), Najmiddin Qosimxojiyev (-74 kg.) ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yili Ozarbayjonning Boku shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida terma jamoamiz 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA