Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taekvondochilarimizning ilk g‘alabasi
10:58 / 2024-12-08

Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo‘yicha kattalar o‘rtasida “Katta dubulg‘a“ saralash musobaqasida ilk g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Birinchi kun doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasining to‘rt nafar vakili — Diyorbek To‘xliboyev (68 kg.), Najmiddin Qosimxojiyev (68 kg.), Shuhrat Salayev (+80 kg.) va Feruza Sodiqova (67 kg.) dayangga ko‘tarildi.

Og‘ir vazn toifasidagi bahslarda Shuhrat Salayev musobaqaning kumush medaliga ega chiqdi. Neytral maqomdagi Rafayel Alyukayevga qarshi bahsda hamyurtimiz kichik hisobli farq bilan imkoniyatni boy bergan bo‘lsa-da, 2026 yilda o‘tkaziladigan “Katta dubulg‘a“ asosiy musobaqasi ishtirokchisiga aylandi.

Qolgan sportchilarimiz esa afsuski, turli bosqichlarda imkoniyatlarni boy berib qo‘ydi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA