Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taekvondochilarimizning Bolgariyadagi omadli odimi
09:34 / 2022-08-06

Shu kunlarda Bolgariyaning Sofiya shahrida taekvondo WT bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati musobaqalari davom etmoqda.

Dunyoning eng kuchli o‘smir taekvondochilari ishtirok etayotgan mazkur chempionatda yurtimiz sportchilari munosib ishtirok etmoqda.

Chempionatning uchinchi kunida 63 kg. vazn toifasida o‘zbekistonlik Nazarali Nazarov finalga qadar barcha raqiblarini mag‘lub etib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Bugungacha o‘tgan bahslarda Gulshanoy Ismoilova bronza, Marjona Xudoyqulova kumush medalga ega chiqqandi.

Jahon chempionati bellashuvlari 7 avgustga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan bir hafta muqaddam ushbu joyda kichik yoshdagilar o‘rtasidagi dunyo birinchiligida yurtimiz vakillari 10 ta medalga sazovor bo‘lgandi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA