Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taekvondochilarimizda hozircha 5 ta medal
11:37 / 2019-03-01

Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Eronning Kish shahrida taekvondo boʻyicha “3rd WT Presidentʼs Cup – Asian Region” xalqaro turniri boʻlib oʻtmoqda.


Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Eronning Kish shahrida taekvondo boʻyicha “3rd WT Presidentʼs Cup – Asian Region” xalqaro turniri boʻlib oʻtmoqda.

Tokio-2020 olimpiadasiga reyting ochkolarini taqdim etadigan ushbu musobaqada terma jamoamiz aʼzolari bellashuvlarning dastlabki kunida 5 ta medalni qoʻlga kiritdi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.

photo5461006855250750057.jpg

Jumladan, erkaklar oʻrtasidagi bahslarda Nikita Rafalovich (-74 kg.) bronza medaliga sazovor boʻldi. Qizlarimizdan esa Svetlana Osipova (+73 kg.) barcha raqiblarini magʻlub etgan holda mamlakatimiz sport delegatsiyasi hisobiga dastlabki oltin medalni qoʻshib qoʻydi. Charos Qayumova finalgacha yetib bordi (-53 kg.) va yakunda kumush medal bilan taqdirlandi. Yana ikki vakilamiz Madina Mannopova (-49 kg.) hamda Feruza Sodiqova (-62 kg.) oʻz vazn toifalarida bronza medali sohibi boʻldi. Musobaqalar davom etmoqda.