Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taekvondochilarimiz yurtimizga qaytib keldi
09:55 / 2022-02-15

Taekvondo bo‘yicha 7-13 fevral kunlari Turkiyada o‘tgan “Turkish Open" musobaqasida qatnashgan taekvondochilarimiz Toshkentga qaytib keldi.

Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari va OAV vakillari munosib kutib oldi.

Mazkur turnirda mamlakatimiz sharafini 9 nafar taekvondochi himoya qildi. Ular orasida Najmiddin Qosimxojiyev va Shuhrat Salayevlar o‘z vazn toifalarida finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etib kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Shohruh Rajabov musobaqaning bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

– Musobaqaning har bir vazndagi janglar keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tdi. Maqsad oltin medalni qo‘lga kiritish etdi. Afsuski, finalda kichik hato sabab imkoniyatni boy berib qo‘ydim. Hali musobaqalar oldinda. Kelgusi turnirlarda shohsupaning eng baland pog‘onasiga ko‘tarilib, oltin medal bilan yurtimizga qaytishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim, – deydi terma jamoamiz a’zosi Sh.Salayev.

O‘zA