Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taekvondochilarimiz Universitetlar xalqaro sport festivalida g‘olib
09:44 / 2023-08-31

Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida o‘tkazilayotgan Universitetlar xalqaro sport festivalining taekvondo WT bahslarida mamlakatimiz sportchilari 2 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Joriy yilning 19 avgustidan boshlangan mazkur o‘yinlarda 36 ta mamlakatning 281 ta oliy ta’lim muassasalarining 1,5 mingdan ziyod talaba-sportchilari kurash olib bordi.  

Yurtimiz sharafini himoya qilgan taekvondochilarimiz yuksak natijaga erishdi. 12 ta mamlakatning 130 nafardan ziyod taekvondochilari ishtirok etgan bellashuvlarda hamyurtlarimizdan Najmiddin Qosimhojiyev 74 kilogramm vaznda barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ayollar o‘rtasida 73 kiloda o‘tgan musobaqalarda terma jamoamiz a’zosi Iroda Mirtojiyevaga teng keladigan raqib topilmadi.  

Iroda saralash bahslarida Ozarbayjon, Pokiston, Eron kabi davlatlarning vakillaridan ustun kelgan holda yarim final va final musobaqasida rossiyalik taekvondochi qizlarni yengib, 1-o‘rinni egalladi.  

 

T.Ro‘ziyev,

O‘zA