French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taekvondochilarimiz “Turkish Open”da uchta medalga ega chiqdi
10:25 / 2022-02-14

Turkiyada taekvondo (WT) bo‘yicha “Turkish Open” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimiz terma jamoasi a’zolari 3 ta medalni qo‘lga kiritdi.

 Turnirda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Najmiddin Qosimxo‘jayev finalga qadar besh nafar raqibini mag‘lub etib 68 kilogrammgacha vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, vazni 80 kilogrammgacha taekvondochilar o‘rtasida dayanga chiqqan Shuhrat Salayev finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etib, terma jamoamizga ikkinchi kumush medalni keltirdi. 

Shuningdek, 87 kilogrammdan vazni yuqori bo‘lgan Shohruh Rajabov mazkur musobaqada bronza medalini qo‘lga kiritdi.  

 
O‘zA