English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taekvondochilarimiz Tailanddagi musobaqada qatnashmoqda
09:53 / 2025-11-21

Tailand poytaxti Bangkok shahrida taekvondo WT bo‘yicha "Grand Prix Challenge" musobaqasi boshlandi. 24 noyabr kuniga qadar davom etadigan mazkur musobaqada 29 ta mamlakatdan kelgan 250 nafarga yaqin sportchilar g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashadi.

"Indoor Stadium Huamark" majmuasida bo‘lib o‘tadigan bahslarda bugun O‘zbekiston terma jamoasining quyidagi 3 nafar a’zosi dayanga chiqadi:  

49 kg, 1/16 final bosqichi: Laylo Hasanova - Kamilla Bezerra (Braziliya);

68 kg, 1/32 final bosqichi: Nazarali Nazarov - Jastin Frederik (AQSH);

68 kg, 1/16 final bosqichi: Diyorbek To‘xliboyev - Amanbol Begimbetov (Qozog‘iston).

Ma’lumot o‘rnidan: Pavel Xan qo‘l ostidagi O‘zbekiston taekvondo WT terma jamoasi ushbu turnirda 11 nafar taekvondochi bilan ishtirok etmoqda.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA