Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taekvondochilarimiz Surdlimpiya o‘yinlarini 10 ta medal bilan yakunladi
11:42 / 2025-11-26

Yaponiyaning Tokio shahrida XXV Surdlimpiya o‘yinlari tashkil etildi. Unda taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham pumse va kyorugi yo‘nalishlaridagi bellashuvlarda munosib ishtirok etdi va delegatsiyamiz hisobiga 1 ta oltin, 4 ta kumush, 5 ta bronza, jami 10 ta medalni taqdim etdi.

Musobaqa davomida Go‘zal Eshmirzayeva (67 kg.) barcha raqiblarini taslim etib, oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Hojiakbar Hakimov (58 kg.), Dilbar Tojiboyeva (49 kg.), Shahrizoda Nuriddinova (57 kg.) va Maftuna Abduyusupova (+67 kg.) finalga qadar muvaffaqiyatga erishgan holda kumush medal bilan taqdirlandi.

Shuningdek, o‘z yo‘nalishlari va vaznlarida Shohruz Abdurahmonov, Robiya Mirasqarova, O‘tkirbek Turdaliyev hamda Asadbek Turdiboyev bronza medaliga ega chiqdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA