English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taekvondochilarimiz sovrindorlar safida
18:52 / 2015-04-17

Xitoy Taypeyida taekvondo (WTF) bo‘yicha o‘tkazilgan o‘smirlar, kadetlar va paralimpiyachilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida sportchilarimiz 2 kumush va 9 bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Xitoy Taypeyida taekvondo (WTF) bo‘yicha o‘tkazilgan o‘smirlar, kadetlar va paralimpiyachilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida sportchilarimiz 2 kumush va 9 bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Yakkakurash muxlislari dastlab o‘smirlar o‘rtasidagi qiziqarli bellashuvlar guvohi bo‘ldi. Vazni 68 kilogrammgacha bo‘lgan qizlar bahsida hamyurtimiz Nigora Tursunqulova finalgacha bo‘lgan bahslarni o‘z foydasiga hal qilib, shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi. 63 kilogrammgacha vazn toifasidagi qizlar o‘rtasida Vlada Pan bronza medal bilan taqdirlandi. O‘smirlar bahsida Niyoz Po‘latov, Shahboz Shofayziyev va Sayidolim No‘monov o‘z vazn toifasida uchinchi o‘rinni egalladi.

Kadetlar o‘rtasidagi musobaqalarda ishtirok etgan Madina Mannopova o‘z vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Hamyurtlarimizdan Jasur Zokirov, Behzod Ibrohimov, Abdulla Shomurodov va Durdonaxon Abdulhayeva bronza medalga loyiq topildi.

Paralimpiyachilar o‘rtasidagi qit’a birinchiligida vazni 61 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bahsida Sanjarbek Muxtorov uchinchi o‘rinni egalladi.