Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taekvondochilarimiz "Parij-2024" yo‘llanmalarini qo‘lga kiritdi
13:51 / 2023-12-04

Butunjahon taekvondo assotsiatsiyasi 3 dekabr kuni yangilangan reytingni e’lon qildi.

E’tiborlisi, ushbu reyting yakuniga ko‘ra kuchli beshlikka kirgan sportchilarga Parij Olimpiadasi uchun litsenziyalar taqdim etiladi.  

Ushbu reytingga ko‘ra, hamyurtlarimiz Ulug‘bek Rashitov (68) va Svetlana Osipova (+67) "Parij-2024" yo‘llanmalarini qo‘lga kiritdi.  

Ulug‘bek Rashitov o‘z vaznida 1-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Svetlana Osipova 7-o‘rindan joy olgan. Ushbu vaznda ikki nafar Turkiya, ikki nafar Britaniya vakili bo‘lgani uchun Osipova beshinchi litsenziya sohibasiga aylandi.  

Ma’lumot uchun, Olimpiadada bitta vazn toifasida bir mamlakatdan bir nafar sportchi ishtirok etishi mumkinligi belgilangan.  

Qayd etish lozim, o‘zbekistonlik sportchilarda hali yakuniy “Katta dubulg‘a” musobaqasi, shuningdek, 2024 yilgi Osiyo yo‘llanmasi turnirlarida Parij Olimpiadasi uchun litsenziyalar qo‘lga kiritish imkoniyati mavjud.  

Eslatib o‘tamiz, mamlakatimiz sportchilarining bugungacha Parij Olimpiadasi uchun yo‘llanmalari soni 17 tani tashkil etmoqda.  

T. Ro‘ziyev, O‘zA