Taekvondochilarimiz nufuzli musobaqaga tayyorlanmoqda
Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyida o‘tkazilayotgan yilning ilk o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida terma jamoaning to‘liq tarkibi ishtirok etmoqda.
Mazkur yig‘inda jami 45 nafar taekvondochi qatnashib, mashg‘ulotlar kuniga ikki mahaldan tashkil etilmoqda. Asosiy e’tibor sportchilarning texnik va taktik mahoratini yanada oshirishga qaratilgan.


Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, milliy terma jamoamiz 2026 yildagi ilk xalqaro musobaqasini fevral oyida bo‘lib o‘tadigan “Fujairah Open” xalqaro ochiq chempionatida o‘tkazishi rejalashtirilgan.


Eslatib o‘tamiz, taekvondochilarimiz o‘tgan mavsum, BAA mezbonligidagi “Fujayra Open-2025” turnirini kattalar o‘rtasida 2 ta oltin, 1 ta kumush, 5 ta bronza, kadetlar orasida esa 3 ta oltin, 6 ta kumush, 4 ta bronza medal bilan yakunlagan.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA