Taekvondochilarimiz JChni g‘alaba bilan boshladi
Bugun Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida taekvondo bo‘yicha jahon chempionatiga start berildi.
Bugun Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida taekvondo bo‘yicha jahon chempionatiga start berildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar qiladi.
Musobaqada 150dan ortiq davlatdan kelgan 1000 nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib boradi. E’tiborlisi, jahon chempionatida 12 nafar taekvondochi vatanimiz sharafini himoya qilishga bel bog‘langan.
Jahon chempionatining dastlabki kunida erkaklar 58 kg.gacha, ayollar esa 46 va 73 kg.gacha bo‘lgan vazn toifalarida dayanga chiqishadi.
O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolaridan birinchi bo‘lib 58 kg.gacha vazn toifasidagi atletimiz Suhrob Bobobekov bahslarga kirishdi. U o‘zining dastlabki jangida estoniyalik Aleksandr Galaktionov bilan kuch sinashdi. Qiziqarli o‘tgan jangda hamyurtimiz yirik 24:5 hisobida g‘alaba qozondi va ikkinchi davraga yo‘l oldi.
JChda o‘zbekistonlik sportchilar dayanga chiqadigan kunlar:
16 may: Valentin Xegay (-54 kg) va Svetlana Osipova (+73 kg)
17 may: Madinabonu Mannopova (-49 kg), Zariya Qosimova (-57 kg) va Nikita Rafalovich (-74 kg)
18 may: Charos Qayumova (-53 kg), Nigora Tursunqulova (-67 kg) va Shuhrat Salaev (-80 kg)
19 may: Feruza Sodiqova (-62 kg), Maksim Rafalovich (-87 kg) va Dmitriy Shokin (+87 kg)