Taekvondochilarimiz jahon chempionatida muvaffaqiyatli start oldi
Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionati boshlandi. Unda O‘zbekiston taekvondo terma jamoasi 15 nafar vakil bilan ishtirok etmoqda.
Bugun, 24 oktyabr kuni chempionatning ilk kunida Madina Mirabzalova (-57 kg.) va Marat Mavlonov (+87 kg.) o‘z vaznlaridagi dastlabki bahslarini o‘tkazdi. Jumladan, Marat 1/16 bosqichida Martinika orollari vakili Jonatan Laurenni mag‘lub etib, nimchorak finalda italiyalik Mattiya Molin bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.

Madina Mirabzalova esa birinchi davrada islandiyalik Ingibjorj Gretarsdotirni, ikkinchi bosqichqda britaniyalik Teygan Smitni taslim etdi va chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan jangda iordaniyalik Fadiya Xirfan bilan kuch sinashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, ertaga 25 oktyabr kuni Laylo Hasanova (-49 kg.), Nazarli Nazarov (-63 kg.) jahon chempionligi da’vosida dayanga chiqadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA