Taekvondochilarimiz Erondan 9 ta medal bilan qaytadigan boʻldi
Eronning Fajr shahrida taekvondo boʻyicha “Fajr Open” xalqaro musobaqa oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida terma jamoamiz vakillari yana 2 ta medalni qoʻlga kiritdi.
Eronning Fajr shahrida taekvondo boʻyicha “Fajr Open” xalqaro musobaqa oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida terma jamoamiz vakillari yana 2 ta medalni qoʻlga kiritdi, deb xabar bermoqda Olimiya qoʻmitasi sayti.
-80 kg vazn toifasida Maksim Rafalovich yarim finalda imkoniyatni boy berib, bronza medali bilan taqdirlandi. Eʼtiborlisi, ushbu vazn toifasining final jangida terma jamoamizning boshqa bir vakili Shuhrat Salayev harakat qildi. Eronlik raqibiga qarshi kechgan bellashuvda, afsuski, vakilimiz kichik hisobda imkoniyatni boy berib qoʻydi.
Shu tariqa Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari ushbu turnirda 3 tadan oltin, kumush va bronza medallarini jamgʻarishga muvaffaq boʻldilar. Eslatib oʻtamiz, avvalgi bahslarda taekvondochilarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishgan edi.