Taekvondochi yoshlarimiz Fujayrada 26 ta medalni qo‘lga kiritdi
Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida taekvondo WT bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan 13-"Fujayra Open-2026" xalqaro turnirda hamyurtlarimiz umumiy hisobda 26 ta medalga egalik qildi.
Xalqaro turnirning dastlabki kungi bellashuvlarida O‘zbekiston kattalar terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatga erishgandi.
Kecha yosh taekvondochilarimiz murosasiz bellashuvlar sarhisobiga ko‘ra, 7 ta oltin, 6 ta kumush va 13 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Iqtidorli taekvondochi yoshlarmizdan Shermuhammadxon Qahhorov, Konstantin Brostovskiy, Alisher Pak, Samira Hayitova, Komila Sultonova, Nozima Abdujabborova, Odina Jo‘raboyeva o‘z vazn toifalarida oltin medallarga egalik qildi. Ular sharafiga Fujayra sport maydonida O‘zbekiston bayrog‘i yuksalib, madhiyamiz baralla yangradi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA