TAEKVONDO WTF: Nikita Rafalovich osiyo chempioni
Birinchi kundanoq uchta medal qo‘lga kiritildi – bitta oltin va ikkita bronza.
Birinchi kundanoq uchta medal qo‘lga kiritildi – bitta oltin va ikkita bronza.
Vyetnamning Xoshimin shahrida taekvondo WTF bo‘yicha XXIII Osiyo chempionati bo‘lib o‘tayotganligi, unda vatanimiz sharafini himoya qiluvchi 14 nafar sportchi va ikki nafar murabbiydan iborat delegatsiyamiz ishtirok etayotganligi haqida xabar berganmiz.
Musobaqaning birinchi kungi bahslariyoq yurtdoshlarimiz uchun omadli keldi. 74 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Nikita Rafalovich barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medal sohibi bo‘ldi. Shuningdek, erkaklar o‘rtasida Niyoz Po‘latov (58 kg), qizlar o‘rtasida esa Madina Mannopova (46 kg) bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.
Bugungi bahslarda yurtimiz sharafini quyidagi sportchilar himoya qilishadi:
Erkaklar:
-63kg: Sardor Toirov
-80kg: Maksim Rafalovich
-87kg: Jasur Boyqo‘ziyev
Ayollar:
-53kg: Dinoraxon Mamadibragimova
-67kg: Nigora Tursunqulova