Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taekvondo WT: "Parij-2024" Olimpiadasi sari dadil qadam tashlandi
16:22 / 2023-04-03

Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo‘yicha "Parij-2024" Olimpiadasi reyting ochkolarini taqdim etadigan "Katta dubulg‘a" musobaqasi yakunlandi.

Nufuzli musobaqaning saralashidan muvaffaqiyatli o‘tgan 6 nafar hamda turnir tashkiliy qo‘mitasi tomonidan rasmiy taklifnoma orqali finalga yo‘l olgan ikki nafar hamyurtimiz medallar uchun kurash olib bordi.  

"Tokio-2020" Olimpiadasi g‘olibi Ulug‘bek Rashitov final yo‘lidagi bahslarning barchasini g‘alaba bilan yakunlab, oltin medal uchun kurashda eronlik taekvondochi bilan ro‘baro‘ keldi va raqibini qiyinchiliksiz 2-o‘rin bilan kifoyalanishga ko‘ndirdi.  

Xalqaro turnirning yana bir oltin medalini terma jamoamiz hisobiga 80 kilo og‘irlikdagi jangda xitoylik taekvondochini yenggan Jasur Jaysunov taqdim etdi.  

O‘tgan yili mamlakatimizda “2022 yilning eng yaxshi sportchisi”, deb topilgan Svetlana Osipovaga g‘oliblik yo‘lidagi bellashuvda biroz omad yetishmadi. U bronza medali bilan cheklandi.  

Shu o‘rinda aytish lozimki, mazkur "Katta dubulg‘a" xalqaro turnirida 2 ta oltin va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan mamlakatimiz taekvondochilari "Parij-2024" Olimpiadasi yo‘llanmalariga ega chiqishga ancha yaqinlashdi. Joriy yil dekabr oyida o‘tadigan yana bir "Katta dubulg‘a" turnirida zafar qozonilsa, kelgusi yil bo‘ladigan yozgi Olimpiya o‘yinlarining dastlabki litsenziyalari qo‘lga kiritiladi.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA