Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taekvondo: Vakillarimizda hozircha 3 ta bronza
13:28 / 2022-03-11

Xabar berganimizdek, Eronning Tehron shahrida Osiyo taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogi bahslari qizg‘in davom etmoqda.

Bugun, 11 mart kuni O‘zbekiston terma jamoasining uch nafar a’zosi sovrinli o‘rinlar uchun kurashga kirishmoqda. 49 kg. vazn toifasida Dinora Muxtorova musobaqani 1/16 finaldan boshlaydi. Ushbu bosqichda hamyurtimiz eronlik Sara Mizban bilan to‘qnash keladi.   

+73kg. vazn toifasida Iroda Mirtojiyeva chorak finalda hindistonlik Rodali Baruaga qarshi jang qiladi. Xuddi shu vazn toifasida Svetlana Osipova chorak finalda eronlik Fatemax Bali bilan kuch sinashadi.  

Kecha, 10 mart kuni xalqaro musobaqaning ilk kungi bellashuvlarida vakilalarimizdan  Charos Qayumova, Feruza Sodiqova va Ozoda Sobirjonova bronza medallariga ega chiqishdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston taekvondo  assotsiatsiyasi.  

Eslatib o‘tamiz, Osiyo taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogi musobaqalari 14 martga qadar davom etadi.  


O‘zA