French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taekvondo: “Prezident kubogi”ning 5 ta medali vakillarimizda
15:02 / 2022-03-13

Tehron shahrida davom etayotgan Osiyo taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogining kecha, 12 mart kuni o‘tgan bahslari mamlakatimiz sportchilari uchun omadli kechdi.

O‘zbekistonning 3 nafar sportchisi Eron poytaxtidagi nufuzli musobaqa shohsupasiga ko‘tarildi.

Dastlab, 63 kg vazn toifasida Niyoz Po‘latov finalgacha yetib bordi. Biroq, eronlik Zaid Alxalvaniga qarshi hal qiluvchi bahsda imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medalga ega chiqdi.

74 kg vazn toifasida Jasur Jaysunov yarim finalda bronza medali bilan kifoyalangan bo‘lsa, 87 kg vazn toifasida ishtirok etgan Nikita Rafalovich ham shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy egalladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqaning dastlabki kungi bellashuvlarida terma jamoamiz a’zolari 1 tadan oltin va kumush medaliga ega bo‘lishgan edi.

Xalqaro turnir 14 martga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA