Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taekvondo: Jahon chempionatida hamyurtlarimiz umumjamoada kuchli o‘nlikda
15:15 / 2022-11-17

Xabar berganimizdek, Meksikaning Gvadalaxara shahrida taekvondo WT bo‘yicha "Parij-2024" Olimpiya o‘yinlariga reyting ochkolari taqdim etadigan jahon chempionati bahslari davom etmoqda.

Kecha musobaqa doirasida erkaklar o‘rtasida 68 kg vazn toifasida bahslar o‘tkazildi va unda Tokio olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashitov yurtimiz sharafini himoya qildi.  

Chempionatni bevosita kuzatib borayotgan mutaxassislar mazkur vaznda Tokio olimpiadasining ikki finalchisi Ulug‘bek Rashitov va britaniyalik Bredli Sindenni ro‘baro‘ kelishini bashorat qilishgandi.  

Ozarbayjonlik Javad Agayevga qarshi kechgan shiddatli jangda Rashitov 5:3 hisobida oldinda borayotib, bahsning yakuniga 5 soniya qolganda kutilmaganda zarba o‘tkazib yubordi va bu, hakamlar tomonidan e’tirof etildi. Ulug‘bekning zarbasiga chap bergan ozarbayjonlik sportchi bahslar yakuniga ko‘ra, bronza medaliga musharraf bo‘ldi.  

Bugun, 17 noyabr kuni jahon chempionatining uchinchi kungi bahslarida 74 kilogramm vaznda Jasur Jaysunov, +87 kiloda Marat Mavlonov hamda qizlar o‘rtasidagi +73 kilogramm og‘irlikda Svetlana Osipova medallar uchun kurashga kirishadi.  

Eslatib o‘tamiz, 122 ta mamlakatning 750 nafardan ziyod taekvondochilari ishtirok etayotgan XXV Jahon chempionati bahslari 20 noyabrga qadar davom etadi.  

Medallar jamg‘arish borasida Meksika, Janubiy Koreya, Xitoy jamoalari peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, Nikita Rafalovich hamda Feruza Sodiqovaning bronza medallari evaziga O‘zbekiston umumjamoada kuchli o‘nlikdan joy olib turibdi.  

Chempionatning uch kunlik bahslari sarhisobiga ko‘ra, hozircha ishtirokchi davlatlarning 20 taga yaqini sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 100 taga yaqin davlat sportchilari bironta ham medalga ega chiqmadi.  

 

To‘lqin Ro‘ziyev,  

O‘zA