Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taekvondo ITF: Nyu-Yorkdagi musobaqada madhiyamiz yangradi
09:07 / 2024-10-15

AQSHning Nyu-York shahrida taekvondo ITF bo‘yicha o‘n sakkizinchi bor o‘tkazilgan "Big Epl” xalqaro turnirida Vatanimiz sharafini himoya qilgan sportchilarimiz munosib natijaga erishdi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanada, Kosta-Rika, Dominikan Respublikasi, Meksika, Gonduras, Argentina, Tojikiston kabi davlatlarning mahoratli taekvondochilari bilan jang olib borgan O‘zbekiston taekvondo(ITF) terma jamoasi a’zolaridan Abdujabbor Hamidullayev uchta yo‘nalishdagi bahslarda g‘oliblik uchun kurash olib bordi, deyiladi O‘zbekiston taekvondo (ITF) milliy assotsiatsiyasi xabarida.

Murosasiz bahslar natijasida mahoratli sportchimiz Hamidullayev taekvondoning tul yo‘nalishida oltin, massogi musobaqalarida esa bronza medalini qo‘lga kiritib, Nyu-York shahridagi muhtasham sport majmuasida O‘zbekiston madhiyasi yangrab, bayrog‘imiz yuksalishini ta’minladi.

Okean orti davlatida Vatanimiz sport shuhratini ulug‘lagan taekvondochilarimiz bugun, 15 oktyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olinadi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA