Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taekvondo ITF: Mingdan ziyod sportchilar jam bo‘lgan musobaqada Toshkent viloyati vakillari birinchi bo‘lishdi
10:20 / 2021-02-22

20-21 fevral kunlari poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida ITF bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida rangli belbog‘lilar orasida O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qildi.

2021 yil 14-22 avgust kunlari Xitoyda o‘tkazilishi rejalashtirilgan XXII jahon chempionatida ishtirok etuvchi milliy terma jamoa tarkibini yana bir bor ko‘rikdan o‘tkazish hamda tarkibga yangi, iqtidorli sportchilarni jalb etish maqsadida tashkilashtirilgan musobaqada 1100 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etishdi.

Yakunda Toshkent viloyati terma jamoasi birinchi o‘rinni egalladi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Toshkent shahri hamda Buxoro viloyati vakillariga nasib etdi.