English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taekvondo (ITF): Jahon chempionatida hamyurtlarimiz 4 ta medalli bo‘ldi
15:08 / 2025-10-14

Italiyaning Yezolo shahrida taekvondo ITF bo‘yicha o‘tgan XXIII jahon chempionatida mamlakatimiz sportchilari 1 tadan oltin va kumush, 2 ta bronza medallariga musharraf bo‘ldi.

Dunyoning 50 ga yaqin davlatidan 1 ming 500 nafarga yaqin mahoratli taekvondochi ishtirok etgan bahslar davomida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Alina Galimulina oltin, Sergey Nam mashq bajarishda kumush, shuningdek Asilbek Sodiqov va Yevgeniy Kim o‘z yo‘nalishlarida bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Bugun, 14 oktyabr kuni jahon chempionatida munosib natija qayd etgan taekvondochilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Sport vazirligi, mamlakat taekvondo (ITF) federatsiyasi mutasaddilari, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida tantanali kutib olindi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA