Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadqiqotlar amerikaliklarning Tramp va Baydenga bo‘lgan munosabatlariga oydinlik kiritdi
10:22 / 2023-02-01

Amerikaliklarning uchdan ikki qismi navbatdagi prezident saylovida davlat rahbari Jo Bayden yoki uning sobiq hamkasbi Donald Tramp ishtirok etishi mumkinligiga unchalik ham qiziqish bildirmayapti, deyiladi NBC News telekanalining olib borgan so‘rov yakunlari bo‘yicha tarqatgan ma’lumotida.

"Saylovchilarning har uchtadan ikkisi Bayden va Tramp saylovga yana o‘z nomzodlarini qo‘yishiga shubha bilan qaraydi  yoki ma’qullamaydi", - deyiladi telekanal tarqatgan xabarda. 

So‘rovda ishtirok etganlarning 52 foizi Trampnning prezidentlikka intilishidan o‘zlarini “juda noqulay” his etishmoqda, 14 foizi esa Trampning prezident bo‘lishiga shubha bilan qarashgan.  

Bayden prezident bo‘lishi istiqboliga so‘rov ishtirokchilarining 48  foizi salbiy munosabat bildirgan, 19 foizi esa Baydenning yana bir bor prezident bo‘lishiga shubha bildirgan.  

Shu bilan birga, 34 foiz saylovchilar Baydenning saylovda ishtirok etishiga qiziqish bilan qarayotgan bo‘lsa, 32 foiz saylovchilar xuddi shunday munosabatni Trampga bildirgan.  

Xabarda aytilishicha, so‘rov 20-24 yanvar kunlari 1000 kishi orasida telefon orqali uyushtirilgan.  

Avvalroq Tramp 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi prezident saylovida o‘zining nomzodini qo‘yishini  ma’lum qilgandi.

Amaldagi Prezident Bayden ham shunday niyati borligini ta’kidlagan, lekin yakuniy qarorini hali rasman e’lon qilmadi.