Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadqiqotchilar Daniya va Ispaniyada malaka oshiradi
22:38 / 2024-03-11

Buxoro muhandislik-texnologiya institutida Erasmus+ dasturi doirasida “Oziq-ovqat fanlari va texnologiyasi bo‘yicha O‘zbekiston olimlari uchun Yevropa jahon iqtidorlari kampusi” nomli yana bir katta loyihaga qo‘l urildi. Loyihaga ko‘ra, O‘zbekistonda oziq-ovqat sohasida “Barqaror o‘sish va ish o‘rinlari” bilan bog‘liq salohiyatni oshirish, barqaror ishlab chiqish tizimini joriy etish bo‘yicha har yili 100 ga yaqin mutaxassis Daniya va Ispaniya tajribasi asosida o‘qish va ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi.

Daniya davlatining yetakchi oliy o‘quv yurtlaridan sanalgan Kopengagen hamda Ispaniyaning Ekstremadura universitetlari endilikda O‘zbekistonning oziq-ovqat bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari bilan soha taraqqiyotiga xizmat qiluvchi yirik loyihani amalga oshiradi. Kelishuvga muvofiq, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlardagi nufuzli, “TOP 1000” talikka kirgan oliy o‘quv yurtlarida “CAMP 1” dasturi asosida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda yurtimiz talabalari va tadqiqotchi olimlarni keng jalb qilish nazarda tutilgan. 

– Oliy o‘quv yurtida mazkur dastur doirasida oziq-ovqat fanlari va texnologiyalari bo‘yicha O‘zbekiston olimlari uchun Yevropa jahon iqtidorlari kompusi doirasida yana bir katta loyihaga qo‘l urildi, –deydi Kopengagen universiteti professori Soren Balling Engelsen. –Unga ko‘ra, O‘zbekistonda oziq-ovqat sohasida “Barqaror o‘sish va ish o‘rinlari” bilan bog‘liq salohiyatni oshirish, barqaror ishlab chiqarish tizimini joriy etish bo‘yicha har yili 100 nafarga yaqin mutaxassis Daniya hamda Ispaniya tajribasi asosida o‘qitiladi. Ilmiy izlanish va tadqiqotlar o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Biz bejizga O‘zbekistonni tanlamadik. Sababi, bu joydagi tajriba bugun xalqaro maydonda ham e’tirof etilyapti. 

[gallery-16399]

Daniya va Ispaniyadan tashrif buyurgan olimlar Buxoro muhandislik-texnologiya institutida ta’lim muassasasi o‘qituvchilarining oziq-ovqat fani va texnologiyasi doirasida o‘qitiladigan asosiy fanlar va ularning ta’limini yaxshilash bo‘yicha bugungi kun talablarini keng muhokama qildi. Loyihaga ko‘ra, ular bir vaqtning o‘zida ham o‘qish va ishlash, shu orqali daromad topish hamda bilimlarini oshirib borish imkoniga ega bo‘ladi. Buning afzalligi –talabalarning o‘qish davridayoq kelajakdagi ish joyi tayin degani. Mazkur yo‘nalishda rivojlangan davlatlardagi tadqiqotchilarning bugungi izlanishlari natijasi va bu borada O‘zbekistonning boy tajribasini muvofiqlashtirish katta samaralar berishi muloqotlarning bosh mavzusi bo‘ldi. 

– O‘zbek talabalari bilan suhbatda shu narsaga amin bo‘ldimki, salohiyat va imkoniyat biz o‘ylagandanda yuqori, - deydi professor Soren Balling Engelsen. –Jahon bozorida sifat birinchi masala. Bugun yurtingizda mutaxassislar ayni shu yo‘nalishni o‘zlashtirishmoqda. Maqsadlar, rejalar esa katta samara berishiga ishonaman. 

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash jahondagi eng muhim vazifalardan biri. Yo‘lga qo‘yilayotgan yangi loyiha esa har yili 100 nafarga yaqin yurtimiz yoshlarining sohaga doir bilimlarini boyitish va yangi ishlanmalarni amaliyotga tatbiq qilish imkonini beradi. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri