English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadqiqotchi yoshlar Fransiyada stajirovka o‘tamoqda
18:20 / 2025-10-13

Shu kunlarda Fransiya Respublikasining Klermon-ferran shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro konferensiyada mamlakatimizdan "O‘zdaverloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti jamoasi qatnashmoqda.

Ma’lumki, yaqinda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining yosh tadqiqotchi va doktorantlari o‘rtasida “Agroinnovatsiya va yoshlar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilgan edi. Unda g‘olib bo‘lgan "O‘zdaverloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti jamoasi tadqiqot yo‘nalishi bo‘yicha ilg‘or xorijiy mamlakatga stajirovka o‘tash uchun yo‘llanma sertifikati bilan taqdirlandi. 

Shu munosabat bilan tashkil etilgan safarda delegatsiya a’zolari Fransiyaning mahalliy zot chorva mollarini boqib, go‘sht, sut mahsulotlarini ishlab chiqaradigan fermalar, yaylov yerlarining boshqaruv holatlari bilan tanishdi. 

Shuningdek, konferensiya doirasida qishloq xo‘jaligi yerlarining mahsuldorligini oshirish, sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash borasida faoliyat yurituvchi "Greencell” tashkiloti o‘rganilib, “Sommet de l’elevage” sammiti bosh direktori Benua Delalua bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA