Bugungi kunda Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlarning murojaatlari tizimli o‘rganilib, hal etilmoqda.
Shunga ko‘ra, Andijon shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi “ATSZ” AJ (nomi o‘zgartirilgan) tadbirkorlik sub’ekti balansidagi yer maydoniga qo‘yilgan taqiqni olishda amaliy yordam so‘rab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.
Aniqlanishicha, boshqa bir tadbirkorlik sub’ekti – “UVV” MCHJ (nomi o‘zgartirilgan) va bank o‘rtasida imzolangan kredit shartnomasiga ko‘ra, “ATSZ” AJ kafil sifatida belgilangan va tadbirkor balansidagi 40,30 sotix yer maydoni garovga qo‘yilgan.
Kredit shartnomasiga asosan olingan qarz to‘liq qaytarilgach, notarial idora tomonidan taqiq bekor qilingan. Biroq, o‘rganish davomida ro‘yxatdan o‘tgan taqiq raqami boshqa son bilan qayd etilgani ma’lum bo‘ldi.
Biznes-ombudsman devoni aralashuvi natijasida ushbu nomuvofiqlik bartaraf etilib, taqiq olinishi ta’minlandi va tadbirkorning murojaati ijobiy hal etildi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA