English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorning to‘yxonasini qo‘lga kiritgan shaxslar aniqlandi
17:50 / 2025-12-19

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tadbirkorning to‘yxonasini qo‘lga kiritgan shaxslarning noqonuniy harakati fosh etildi.

Jumladan fuqaro E.J. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, “T.G.” xususiy korxonasi rahbari D.K.ning ishonchiga kirib, ushbu korxonani MCHJ sifatida o‘zining nomiga 100 foiz yakka ta’sischi va rahbar sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tkazishga erishib, tadbirkorning to‘yxonasini  firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri