Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tadbirkor”ning rejasi amalga oshmadi
10:13 / 2025-07-02

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi hamda “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan zargarlik buyumlarini bojxona chegaralari orqali noqonuniy tarzda, yashirincha olib o‘tishga urinish holati fosh etildi.

“Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l chegara bojxona postiga 652-sonli “Beyneu–Nukus” yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdida Qozog‘iston Respublikasidan kirib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining qo‘l sumkasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan 6 turdagi 17 dona, og‘irligi 79,50 gramm bo‘lgan qimmatbaho metalldan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolar temir yo‘l orqali harakatlanganda ekvivalenti 500 AQSH dollari qiymatidagi tovarlarni mamlakatimiz hududiga bojsiz olib kirishlari mumkin. Qiymati undan ortgan tovarlarga nisbatan bojxona to‘lovlari undirilishi nazarda tutilgan.  

Yuqorida aniqlangan holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri