Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorning o‘z mulkiga qonuniy ega bo‘lishiga ko‘mak berildi
16:57 / 2022-11-09

Yurtimizda Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning huquqini himoya qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan mazkur institut tadbirkor va ishbilarmonlar ishonchini oqlab kelmoqda.

Xususan, Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi “Business” MCHJ (nomi o‘zgartirilgan) Biznes-ombudsmanga Majburiy ijro byurosi xodimlarining harakatsizligidan norozi bo‘lib murojaat qildi.

Murojaatga ko‘ra, tadbirkor tomonidan elektron auksion orqali Beton mahsulotlarini ishlab chiqarish zavodi xarid qilingan. Shunga qaramasdan, Majburiy ijro byurosining Toshkent shahri Yakkasaroy tumani bo‘limi xodimlari tomonidan tegishli hujjatlar asossiz ravishda rasmiylashtirilmagan.

Biznes-ombudsmanning aralashuvi bilan tadbirkor auksion orqali xarid qilgan mulkiga hujjatlar rasmiylashtirildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA