So‘ngi yillarda, Biznes-ombudsman mamlakatimizda tadbirkorlar bilan davlat organlari o‘rtasidagi nizolarning oldini olish va ularni hal etish bo‘yicha mas’ul bo‘lib, o‘z faoliyatini xalqaro huquq me’yorlariga to‘la rioya qilgan holda amalga oshirib kelmoqda.
Shunga ko‘ra, tadbirkorlar huquq va manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashda ko‘mak so‘rab devonga murojaat qiladi.
“D.S.” XKdan Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK tomonidan to‘lovlar kechiktirilayotgani bo‘yicha Biznes-ombudsmanga murojaat kelib tushdi.
Aniqlanishicha, tadbirkor 2022 yilda Bo‘ka tumanidagi maktab filialini qurish bo‘yicha 1,2 mlrd. so‘mlik loyihani yakunlab, ob’ektni topshirgan. Shartnomaga ko‘ra, mablag‘ning 5 foizi (64 mln. so‘m) 12 oylik kafolat muddatidan so‘ng to‘lanishi kerak edi. Biroq ob’ekt bo‘yicha hech qanday e’tirozlar bo‘lmasa-da, to‘lov 2 yil davomida amalga oshirilmagan.
Vakil tomonidan tadbirkor manfaatida sudga da’vo arizasi kiritilib, 64 mln. so‘mlik qarzdorlik to‘liq undirildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA